• 16 декабря 2024 в 17:50
  • 11
  • 0

Gandbol: Markaziy Osiyo chempionatining ilk o‘yinida hamyurtlarimiz g‘alabaga erishdi

Qozog‘istonning Ostona shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning erkaklar jamoalari birinchiligida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston va Mo‘g‘uliston terma jamoalari ishtirok etmoqda.  

Mazkur nufuzli musobaqada Botir Karadjayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Kecha chempionatning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik gandbolchilar Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kuch sinashdi.  

Mamlakatimiz gandbolchilarining to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda hamyurtlarimiz o‘n ikki to‘p farqi bilan qirg‘izistonlik raqiblarini mag‘lub etdi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston - 41:29.  

Bugun, 16 dekabr kuni musobaqaning navbatdagi bosqich uchrashuvlari tashkil etiladi.  

Chempionat 21 dekabrga qadar davom etadi.  


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан