• 08 апреля 2025 в 17:50
  • 14
  • 0

Futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonlik futbol hakamlari Osiyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jahon chempionatlarida hakamlik bo‘yicha rekordlar, Osiyo kuboklarining hal qiluvchi o‘yinlarini boshqarish, qit’a va jahon miqyosida eng yaxshi hakamlik bo‘yicha individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan bir qancha yutuqlarni eslab o‘tish mumkin.

Hakamlik tizimini yanada rivojlantirish, yosh hakamlarning bilim va tajribasini oshirish maqsadida O‘FA tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda. Ushbu akademiya yosh va iqtidorli hakamlarni tayyorlash, ularga professional darajada bilim va ko‘nikmalar berish hamda hakamlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali hakamlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Akademiyaga futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko‘ra yakunlagan, jismonan yetuk, futbol bo‘yicha bilimga ega va chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi. O‘zbekistonning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh hakamlarni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Akademiyaning boshlanishi va tanlovlar haqida batafsil ma'lumotlar O‘FA rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi. Tanlov va talablarga quyidagilar kiritilgan:

- Yosh: 18-28 yosh oralig‘ida bo‘lishi;- Antropometrik ko‘rsatkichlar: erkaklar uchun kamida 170 sm, ayollar uchun kamida 160 sm bo‘lishi;- Jismoniy tayyorgarlik darajasi;- Futbol haqidagi tushunchasi va nazariy bilimlar;- Kompyuter texnologiyalari hamda chet tili, xususan, ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi.

Akademiyada ta’lim jarayoni 6 ta modul asosida tashkil etiladi va talabalar maxsus ekipirovka hamda kerakli jihozlar bilan ta'minlanadi.

Ushbu tashabbus mamlakatimiz futbol hakamligi tizimini yanada rivojlantirish va jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. Akademiya yosh hakamlarning kelajakda yuqori saviyadagi xalqaro o‘yinlarni boshqarish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан