BAAning Dubay shahrida yengil atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya va Hindiston jamoalaridan keyin to’rtinchi o’rinni egalladi.
Musobaqada shohsupaga ko’tarilgan hamyurtlarimizni eslab o’tamiz:
Oltin medal:
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)Barno Sayfullayeva (balandlikka sakrash)Nodir Norboyev (ko’pkurash)Jonbibi Hukmova (400 metr)
Kumush medal:
Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Bronza medal:
Emiliya Rudina (balandlikka sakrash)Mashhura Soibova (3000 metr, stipl-chez).