Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi uchun saylov o‘tkazildi. Unda jahonning turli qit’alaridan 20 nafar nomzod ishtirok etdi.
Saylov natijasiga ko‘ra, Diyora Keldiyorova 2025–2029 yillar davomida komissiya a’zosi etib saylandi.
Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz tarixidagi ilk dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, endi u IJFning muhim organlaridan biri — Atletlar komissiyasida ham O‘zbekiston nomidan faoliyat olib boradi.