• 28 сентября 2024 в 17:50
  • 10
  • 0

Boks: Hasanboy Do‘smatov Bahodir Jalolovning o‘rnini egalladi

O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, terma jamoamiz murabbiylari va bokschilar ishtirokida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning ishtiroki va Parij Olimpiadasi sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori, ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi ikki karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovga topshirildi.

Yig‘ilish davomida har bir murabbiyning hisoboti tinglandi. Ayollar terma jamoamizni kuchaytirish va keyingi musobaqalarga puxta tayyorlash to‘g‘risida tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, kattalar o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston chempionatining tashkiliy masalalari va qitʼa birinchiligida munosib natijalarga erishish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан