• 20 марта 2025 в 17:50
  • 16
  • 0

Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

Boks sport turi rasman Los-Anjyeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda Gretsiyada o‘tayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 144-Sessiyasida rasman e’lon qilindi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati. 

Bellashuvlar World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

Bungacha O‘zbekiston delegatsiyasi eng ko‘p medal oladigan boks bo‘yicha turnir Olimpiya o‘yinlari dasturidan butunlay olib tashlanishi haqida xavotirlar mavjud edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘rtasidagi mojaroli munosabatlar sabab edi.

2023 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi moliya, boshqaruv va hakamlik bilan bog‘liq muammolar tufayli Xalqaro boks assotsiatsiyasini tan olishi haqidagi qarorini bekor qilgandi. XOQ fikriga ko‘ra, 2020 yilda IBA tashkiloti rahbarligiga kelgan rossiyalik Umar Kremlyov vaziyatni yaxshilay olmadi. Oqibatda, tarixda birinchi marta Olimpiya sportining boshqaruv organi Olimpiya oilasidan chiqarib yuborildi.

IBA chetlatish bo‘yicha tavsiyani «jirkanch va mutlaq siyosiy» deb atadi va Sport arbitraj sudiga murojaat qildi. Biroq, sud tavsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risidagi apellyatsiyani qabul qilmadi. Natijada, IBA tashkilotini Olimpiya oilasidan chiqarib tashlash uchun XOQ qarori qabul qilinishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydigan bo‘ldi.

«Boks va bokschilar bilan hech qanday muammomiz yo‘q. Agar muammo bo‘lganida, Tokio va Parijdagi musobaqalar o‘tkazilmagan bo‘lardi. Biz boksni juda qadrlaymiz, ammo, afsuski, bizda IBA rahbariyati tufayli juda jiddiy muammolar mavjud. Biz boksni juda qadrlaganimiz sababli, bokschilar xalqaro federatsiya tomonidan adolatli va shaffof boshqaruvga loyiq deb hisoblaymiz», - degandi XOQ rahbari Tomas Bax.

Shundan keyin niderlandiyalik Boris van der Vorst Umar Kremlyov boshqaruvidan norozi bo‘lgan 18 ta milliy havaskor boks federatsiyasini o‘z ichiga olgan World Boxing tashkilotini tuzdi. Uning maqsadi «havaskor boksning Olimpiya kelajagini saqlab qolish» deb ataldi.

Tashkilot boksni Olimpiya sporti sifatida saqlab qolish uchun kampaniya olib bordi va qisqa muddatda 50 dan ortiq federatsiyani o‘z safiga jalb etdi. 2024 yil noyabriga kelib Qozog‘iston boks federatsiyasi ortidan O‘zbekiston boks federatsiyasi ham IBA’ni tark etib, World Boxing a’zosiga aylangandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Адылбек Касымалиев поздравил работников водного хозяйства с профессиональным праздником
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    В Душанбе проходит крупная выставка-продажа книг
      04 сентября 2025 в 13:55   Таджикистан
    За один день Национальную библиотеку Таджикистана посетили свыше 2-х тысяч человек
      вчера в 13:55   Таджикистан
    O‘zbekiston va Moldova 2026-yildan avtomobil orqali yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni bekor qiladi
      03 сентября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошел турнир по футзалу среди детей ко Дню Независимости КР
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял председателя Нацсобрания Армении
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning Livandagi elchisi bo‘ldi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев вручил Министерству юстиции ключи от новых служебных автомобилей
      04 сентября 2025 в 12:55   Кыргызстан
    Трамп купил Кавказ: следующей покупкой станут Казахстан и Центральная Азия?
      сегодня в 10:13   Казахстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Председателем Национального собрания Армении
      вчера в 08:55   Кыргызстан