• 12 сентября 2024 в 17:50
  • 18
  • 0

“Besh tashabbus Paralimpiadasi”ning yana bir mavsumi ortda qoldi

Toshkentda an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus Paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lganlar para stol tennisi, para yengil atletika, para shahmat va para shashka sport turlari bo‘yicha 16 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bahs olib bordi. Ma’lumot uchun, turnirning final bosqichida umumiy hisobda 210 nafar yoshlar ishtirok etib, o’z mahoratlarini ko’rsatishdi.

Musobaqa yakuniga ko’ra g’olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbir poytaxtimizda joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil qilindi. Musiqiy shou bilan barchani kayfiyatini ko’targan marosim avvalida mutasaddilar so’zga chiqib yosh parasportchilarni qo’lga kiritilgan natijalar bilan tabriklashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, umumiy 9 ta medal jamg‘argan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronzaga ega chiqqan Farg‘ona viloyati jamoasi 2-o‘rinni band etdi. Kuchli uchlikdan esa 2 ta oltin va 2 ta kumush medal qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati jamoasi joy oldi.

Tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati Gʻolib va sovrindorlarni medal, kubok, maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан