• 20 августа 2024 в 17:50
  • 6
  • 0

Bahodir Jalolov WBC‘ning yangilangan reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Eʼtiborlisi, superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikki karra Olimpiada chempioni iyul oyi reytingida 8-o‘rinni egallab turgandi.

Ushbu vaznda Aleksandr Usik chempion, Tayson Fyuri esa 1-o‘rinni band etgan. Jalolovdan oldingi o‘rinlardan Agit Kabaye (Germaniya), Martin Bakole (Kongo/Buyuk Britaniya), Chjang Chjiley (Xitoy), Efe Ajagba (Nigeriya/AQSH) joy olgan.    

Yangilangan reytingdan 10 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 6-o‘rindan joy oldi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi;

Superyarim o‘rta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov 3-o‘rinda qayd etildi;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov bir pog‘ona yuqorilab, 7-o‘rinni band etgan bo‘lsa; Jahongir Rasulov 3 pog‘onaga pastladi va 30-o‘rinni egalladi;

Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 18-o‘rinni band etgan;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni band etib turibdi;

Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona pastlab, 35-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqoriladi va 4-o‘rindan joy oldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан