• 05 апреля 2025 в 17:50
  • 19
  • 0

Bahodir Jalolov chempionlik jangi o‘tkazishga tayyor

Bugun Astana shahrida professional boks faoliyatidagi 15-jangini o‘tkazadigan Bahodir Jalolov The Ring nashriga intervyu berdi.    

Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz bugun Astanada Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan turnir doirasida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschimiz Turki al ash-Sheyxga tegishli The Ring jurnali muxbiriga bergan intervyusida superog‘ir vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik, shuningdek, britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini aytgan.

"Men chempionlik yo‘lida uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. Professional boksda o‘z oldimga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish fursati yetib keldi. Imkon qadar tezroq chempionlik jangini qo‘lga kiritishni istayman. Men jahon chempionlik kamari uchun kechadigan janglarga 100 foiz tayyorman. Xevivey chempionlari bilan janglarga shayman. Usik, Joshua — ular bilan jangga tayyorman", — deya Jalolovning so‘zlarini keltirmoqda The Ring.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан