Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda start olgan litsenzion Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz koʻpkurash dasturida 69.95 ball jamgʻarib, oltin medal bilan birga Parij-2024 yoʻllanmasini ham naqd qilishdi.
Yurtdoshlarimiz 5 ta halqadagi chiqishda 36.60, 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda esa 33.35 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. Ikkinchi oʻrin Yaponiya jamoasiga nasib etgan boʻlsa, qozogʻistonlik qizlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.