• 19 мая 2024 в 17:50
  • 1
  • 0

“Asr jangi”da Usik Fyurini mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylandi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod sharida 18-may kuni boks kechasi tashkil etildi.

Kechaning asosiy jangi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Oleksandr Usik o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki uch raundda ukrainalik bokschi katta ustunlikka ega bo‘ldi. To‘rtinchi raundda Tayson Fyuri ham sekin hujumga o‘tib, aniq zarbalar berishga harakat qildi. Beshinchi raundda Usik chekina boshladi va Tayson Fyuri vaziyatdan foydalanib hujumga o‘ta boshladi. Oltinchi raundda ham Tayson Fyuri ustunlikni saqlab qoldi va ukrainalik bokschiga aniq zarbalar berdi.

Jangning 7-raundiga kelib Usik ham hujumga o‘ta boshladi, ammo buning oqibatida o‘zi ham zarbalar qabul qilib oldi. 8-raundda Tayson Fyuri ko‘plab zarbalar qabul qilib oldi. Uning “hurmacha” qiliqlari kamaydi. 9-raundga kelib Usik o‘z vaqtini to‘liq hujumda o‘tkazdi. Aniq zarbalardan keyin Tayson Fyuri nokdaun holatiga tushib qoldi. Fyurini faqatgina raund tugagani haqidagi bong qutqarib qoldi.

10- raundni Tayson Fyuri o‘ziga kelib olish uchun sarfladi. Oleksandr ham jididy hujumga o‘tmadi. 11-raundda bokschilar o‘z stilida jang qildi. Usik ko‘proq hujumga o‘tdi, Tayson Fyuri esa raqibini kutib oldi. So‘nggi raundda ham ukrainalik bokschi tinmasdan hujumga o‘tib, raqibiga aniq zarbalar berdi. Bokschilar shu tariqa jangni yakunladi.

Jangdan so‘ng bokschilar bir biriga hurmat bajo keltirdi.

Ushbu jangda hakamlar qaroriga binoan Oleksandr Usik ochkolar hisobida g‘alaba qozondi: 115 — 112, 113 — 114, 114 — 113.

Usik janggacha WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari kamariga egalik qilayotgan edi. Fyuri esa 2020-yil fevralida Deontey Uaylderni mag‘lub etib, WBC chempioniga aylangan edi.

Ushbu jangdan so‘ng Oleksandr Usik barcha 5 kamarga egalik qilish bilan bir qatorda, mutlaq chempionga aylandi.

Oxirgi marta Lennoks Lyuis 1999-yili og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lgan edi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан