Bugun, 26-oktyabr kuni Xalqaro aralash jang sanatlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun Toshkentga keladi.
5-10-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi “Xumo Arena” majmuasida IMMAF MMA bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Braun shu munosabat bilan Toshkentga keladi.
MMA bo‘yicha Jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2012-yilda ochilgan Xalqaro aralash yakkakurash federatsiyasiga Braun 2015-yildan buyon prezidentlik qilmoqda. Tashkilotga dunyoning 60 dan ortiq mamlakati a’zo hisoblanadi.