• 12 ноября 2023 в 17:50
  • 2
  • 0

Amerikalik afsonaviy bokschi Evander Xolifild Toshkentga keldi

Boks afsonasi Evander Xolifild Toshkentga keldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Ma'lum qilnishicha, joriy yilning 12-17-noyabr kunlari Toshkent shahrida butunjahon boks uyushmasining (WBC) 61-Konvensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish maqsadida dunyoning bir qator ko‘zga ko‘ringan sportchilari, blogerlar, bokschilar va sobiq bokschilar O‘zbekistonga kelmoqda. 

Xususan, 11-noyabr kuni birinchi hamda superog‘ir vazn toifalarida mutlaq sobiq jahon chempioni Evander Xolifild Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.  

Shuningdek, yengil vazn toifasida WBC chempioni, WBA va IBF kamarlari sohibi, meksikalik taniqli bokschi Xulio Sezar Chaves Butunjahon boks konfederatsiyasining (WBC) 61-konvensiyasi munosabati bilan Toshkentga yetib kelgan.

Avstraliyalik sobiq jahon chempioni Billi Dib esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida WBC tashkilotining yillik Konvensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston tomon yo‘lga otlanganini ma’lum qilgan. 

Bundan tashqari, Toshkentga kelishi kutilayotgan ukrainalik superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlarida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik ham o‘zbek tilida o‘z salomini yo‘lladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан