Og‘ir atletika bo‘yicha Norvegiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev (-110 kg) mutlaq chempioni bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya QO‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Dast ko‘tarishda jahon rekordi bilan oltin medalga ega chiqqan Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq chempionlikka erishdi. Ruslan Nurudinov esa siltab ko‘tarishda 228 va ikki kurash yakuniga ko‘ra 414 bilan 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.