• 05 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Yil boshidan buyon 300 nafardan ortiq talaba jinoyatga qo‘l urgan

2024 yilda oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan. 2025 yilning 6 oyi davomida esa 102 ta oliy taʼlim muassasasining 307 ta talabasi jinoyatga qo‘l urgan.

Senatning 10-yalpi majlisida bu haqdagi masala ko‘tarildi va talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, jinoyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik, firibgarlik kabi jinoyatlari tashkil etgan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning aksariyati Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Oliy taʼlim muassasalari kesimida esa jinoyatlarning ko‘pchilik qismi Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ayrim oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini muntazam nazorat qilish, talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashini yetarli darajada monitoring qilinmaganligi oqibatida talabalar tomonidan dars vaqtida, yaʼni soat 08:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davr mobaynida jinoyatlar sodir etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi «Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 563-sonli qarorida tyutorlarni biriktirish tartibi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan ushbu talabga rioya qilinmagan.

Talabalarning yotoqxonalarga kirib-chiqishi, yashashi hamda tungi vaqtda bo‘lishi ustidan nazorat yetarli darajada emas.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda oliy taʼlim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, sohada faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bu esa, aholining haqli eʼtirozlari ko‘payishiga, adolatsizliklar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari soni keskin ortishiga sabab bo‘layotganligi senatorlar tomonidan tanqid qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Обсуждены международные связи Национальной библиотеки Таджикистана с известными мировыми библиотеками
      23 октября 2025 в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев принял участие в торжественном мероприятии по случаю 100-летия КНУ имени Ж. Баласагына
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров: Кыргызстан занимает 19-е место в глобальном индексе принятия криптовалют и уверенно лидирует в ЦА
      24 октября 2025 в 16:55   Кыргызстан
    “Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya
      23 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    O‘zbekiston va YI yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar yangi, strategik darajaga ko‘tarilganini olqishladilar
      24 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке отметили 85-летие лицея №100
      24 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Что пошло не так?
      вчера в 11:09   Казахстан
    Мэрия Бишкека укрепляет зелёный фонд города
      23 октября 2025 в 11:10   Кыргызстан
    МВД: В Бишкеке прошла Международная научно-практическая конференция
      24 октября 2025 в 15:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев встретился с Послом США
      23 октября 2025 в 09:40   Кыргызстан