• 19 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish choralari natijadorligi oshiriladi

“Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–287-son, 18.09.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi.

2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko'rishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko'ra hudularni quyidagicha toifalarga bo'lish belgilandi:

- “qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;

- “sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o'rta hududlar;

- “yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.

Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан