• 28 января 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Yangi zamonaviy suzish havzalarini qurish xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (29-son, 27.01.2026 y.) bilan “Yangi zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Ushbu reglamentga muvofiq, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan dastlabki 100 ta suzish havzasini qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

Bunda mablag‘lar 2026 yil 1 fevraldan 2028 yil 1 yanvargacha suzish havzalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizigacha, lekin 100 mln so‘mdan oshmagan qismi uchun ajratiladi.

Talabgor quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;- qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;- faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;- sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan bo‘lmasligi.

Talabgor xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP orqali Turizm qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- suzish havzasining loyiha hujjatlari nusxasi;- suzish havzasini qurish va ishga tushirish uchun tuzilgan pudrat shartnomasi nusxasi;- shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi elektron hujjat nusxalari.

Qo‘mita xarajatlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida mablag‘lar talabgorning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан