• 27 августа 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Xorijiy davlatlar og'ir yukli transportlarining O'zbekiston hududi bo'ylab yurishi uchun to'lovlar miqdori oshirildi

Hukumat qarori (538-son, 26.08.2025-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qaror bilan xorijiy davlatlar og'ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O'zbekiston hududi bo'ylab yurishi uchun to'lovlar miqdoriga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun to'lanadigan to'lov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:▪️ umumiy haqiqiy vaznning yo'l qo'yiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori 0 tn dan 5 tn gacha bo'lganda yuriladigan 1 km masofa uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida;▪️ 5 dan 10 gacha – 0,12;▪️ 10 dan 15 gacha – 0,24;▪️ 15 dan 20 gacha – 0,42;▪️ 20 dan 25 gacha – 0,63;▪️ 25 dan 30 gacha – 0,97;▪️ 30 dan 35 gacha – 1,39;▪️ 35 dan 40 gacha – 1,94;▪️ 40 dan 45 gacha – 2,66;▪️ 45 dan 50 gacha – 3,59;▪️ 50 va undan yuqori – 4,22.

Shuningdek, og'ir yukli va yirik gabaritli transport vositalari o'tishi uchun arizalarni ko'rib chiqish, yo'nalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun to'lanadigan to'lov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi ko'zda tutildi:- 100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;- har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.

Ilgari mazkur to'lovlar 100 km ga qadar — 25 AQSH dollari hamda har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSH dollari qiymatida belgilangan edi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан