• 21 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Xorazmda tarbiyachi bolalarni qarg‘agan videosini adashib ota-onalar guruhiga jo‘natib yubordi

19-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavha tarqatildi.

Mazkur holat Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tezkor ravishda o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Videolavhada aks etgan holat joriy yil 18-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi ma’lum bo’ldi.

O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib jarayonni videotasvirga olganligi va behosdan shu guruh ota-onalari uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga joylaganligi aniqlandi.

Ishchi guruhi tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B esa qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘raganligi va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shaganligi ma’lum qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан