• 01 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 2,2 mlrd so‘m zarar yetkazdi

O‘zbekistonning to‘rt hududida elektrdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi. 

Unga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “V.B.” MCHJga tegishli suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, jami 2,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

 Bu kabi holat Buxoro viloyatida “U.B.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, 223,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida esa “N.U.” va “Q.D.” fermer xo‘jaliklari rahbarlari yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 215,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Shu kabi, departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “V.J.” fermer xo‘jaligida  hamda YTT A.A.ning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr uskunalari hisoblagichdan tashqari elektr tarmoqlariga ulanib, jami 146,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан