FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 22-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:08 da (22.01.2024 yil, Grinvich bo'yicha 18:08 da) Xitoy-Qirg'iziston chegarasida zilzila sodir bo'ldi.
Zilzila koordinatalari: 41,05 gradus shimoliy kenglik; 79,51 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=7. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 862 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Andijon viloyatida 3-4 ball, 602 km.Farg'ona viloyatida 3-4 ball, 656 km.Namangan viloyatida 3-4 ball, 657 km.Toshkent shahrida 3 ball, 862 km.