• 14 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

“Vaqt o‘tgan sayin xalq farovonligining asosi tinchlik ekanini anglab yetyapman" — Saida Mirziyoyeva Vatan himoyachilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.

"Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila davrasida fayzli oqshomlar, boshimiz uzra musaffo osmon... Vatan deganda birinchi bo‘lib shular ko‘z oldimizga keladi.

Vaqt o‘tgan sayin mamlakat rivoji va xalq farovonligining asosi TINCHLIK ekanini yana-da chuqurroq anglab yetyapman. Xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlashda yurtimiz himoyachilarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida jasur ayollarimizning borligi alohida tahsinga loyiq.

Ushbu shukuhli kunda mardonavor mehnatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz uchun sizga o‘z ehtiromimni, minnatdorligimni izhor etishni istardim.

Bugun sizga, haqiqiy qahramonlarga qarab, qalblarimiz o‘zgacha g‘urur-iftixorga to‘ladi. Zero, siz zimmangizga yuklatilgan davlat mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlashdek sharafli burchni munosib ado etmoqdasiz.

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! Siz tufayli orzu-niyatlar qilish, mehr ulashish va shunchaki baxtli hayot kechirish imkonimiz borligi uchun katta rahmat!", deyiladi tabrik matnida.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан