• 09 февраля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Turkiyaning Bursa shahrida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi

Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti, mamlakatimiz elchixonasi hamda Istanbuldagi Bosh konsullik hamkorligida Turkiyaning Bursa shahrida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi.

Uludag' universitetida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY, Turkiya Milliy ta'lim vazirligi vakillari va mahalliy navoyishunos olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olganlar, markazning O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi ming yillik qardoshlik rishtalariga asoslangan munosabatlarning natijasi ekanini ta'kidladilar.

"Bugun biz uchun haqiqatan ham juda muhim kun. Chunki, uzoq yillardan beri rejalashtirib kelinayotgan O'zbek tili va madaniyati markazini ochish sharafiga muyassar bo'ldik. So'nggi yillarda ikki davlat rahbarlari o'rtasida qaror topgan yaqin va do'stona munosabatlar turli jabhalarda o'zbek-turk hamkorligini rivojlantirishga muhim zamin yaratmoqda. O'zbek tili va madaniyati markazi ham Bursa ahli, xususan, Uludag' universiteti talabalari o'rtasida O'zbekiston tarixi va madaniyati, o'zbek tili va adabiyotini o'rganishni targ'ib qiladigan ma'rifat maskaniga aylanishiga ishonchim komil. O'zbekiston tomonidan taqdim etilgan o'zbek tilidagi kitob va adabiyotlar hamda o'zbek san'atini namoyon qiluvchi hunarmandchilik ashyolari talabalarimiz uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi", dedi Uludag' universiteti rektori Ferudun Yilmaz.

Qayd etish kerakki, Uludag' universitetida ochilgan mazkur markaz o'z faoliyatida o'zbek tili va madaniyatini Turkiyada targ'ib qilish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ilm o'chog'i bo'lib xizmat qiladi. Buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan aynan Uludag' universitetida tashkil etilgan "Alisher Navoiy va XXI asr" mavzusidagi xalqaro konferensiya ham markazning bu boradagi ilk tadbirlaridan biri bo'ldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан