• 27 марта 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Turkiyadagi voqealar Yevropa ta’siridir – Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Turkiyada yuz berayotgan voqealar oldindan rejalashtirilganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

U Turkiyadagi tartibsizliklarda bir guruh yoshlar mast holatda, Istanbuldagi qadimiy Shahzodaboshi jome masjidi devorlariga hojat qilib, tarixiy qabrlarni buzib tashlanganiga e’tibor qaratish kerakligini tilga olgan.

“Bu toifa, o‘zligiga nafrat bilan ulg‘aygan qatlam osmondan tushib qolmagan, tizimli, uzoqqa mo‘ljallangan, jamiyatlarni ichidan buzish va vassallashtirishni maqsad qilgan global kuchlarning yuz yillardan beri olib borayotgan ishlarining natijasidir”, deya yozgan Qodirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyada bu ishlar avvaldan, Yevropa maktablarida ta’lim olishdan boshlangan.

“1924 yilda Turkiya Respublikasi qurilganida Yevropa davlatlaridan ilm olamiz deb Yevropa maktablariga keng erkinliklar berilgan. Bu maktablar ilm bergan, bunga shubham yo‘q, lekin o‘zligidan nafrat etadigan sezilarli katta qatlam ham yaratishga erishgan. O‘z millati va qadriyatlaridan nafrat etadigan yoshlar, o‘sha maktablarni tugatgan avlodlarning nevaralaridir”, deya ishonch bilan yozadi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.

Shu bilan birga, deputat O‘zbekistonda ham tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

“Bizda hosil yo‘q, lekin “daraxtlari” ekilmoqda. Bolalarimizga, albatta, eng zamonaviy bilim berishimiz shart, bilim dunyoning qayerida bo‘lsa ham bilimdir va olinishi kerak, lekin tarbiyada milliy talablarimizni keskin belgilab, tatbiqida murosasiz bo‘lmasak, kelajakda boshimiz o‘zimizdan chiqadigan balolar bilan og‘rishi mumkin”, deya o‘z postini yakunlagan Qodirov.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан