• 30 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Turkiyada soxta guvohnomalar tayyorlab, firibgarlik qilayotgan o‘zbekistonliklar borligi aniqlandi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada soxta guvohnomalar tayyorlab, firibgarlik qilayotganlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Istanbuldagi bazi bir qo‘shtirnoq ichidagi shirkatlar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga qonunga zid ravishda turli qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirib berish, (soxta guvohnomalar, qalbaki ma’lumotnomalarni tayyorlash) AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirish vaji bilan ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish ishlari ko‘paymoqda.

“Eng achinarlisi shundaki, mazkur jirkanch ishni amalga oshirayotgan insonlarning aksariyati o‘z vatandoshlarimizdir”, — deyiladi xabarda.

Bosh konsulxonaga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil boshidan boshlab hozirgi kunga qadar 70 dan oshiq O‘zbekiston fuqarolarining hujjati soxtaligi tufayli Turkiyaning tegishli idoralari tomonidan ularga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

Bunday holatlar tufayli Turkiyada qonuniy yashab kelayotgan fuqarolar ham bir qancha byurokratik to‘siqlarga uchramoqda.

Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni shunday yolg‘on shirkatlarga aldanmaslik, shubhali yoki qalbaki hujjatlarni turk davlat idoralariga aslo topshirmaslik, pul, shaxsiy va muhim ma’lumotlarni begona shaxslarga bermasliklarini so‘raydi. Shu va boshqa turdagi og‘ir jinoyatlarni sodir etib kelayotgan firibgarlar haqidagi ma’lumotlar diplomatik vakolatxona tomonidan Turkiya va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralariga berildi.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      26 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Представители сферы культуры Таджикистана и Узбекистана награждены орденами «Дусти» и «Дустлик»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Комплекс «Калъаи Худжанд» является центром представления истории и культуры таджикского народа
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    КОННЫЕ СКАЧКИ. Эта национальная игра входит в число традиций Навруза
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Канатбек Чыныбаев провёл встречу с послом Франц
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Худжанде состоялся региональный этап соревнований «Национальные игры»
      26 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      26 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков встретился с посолм Казахстана
      26 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Открылась Совместная промышленная выставка Республики Таджикистан в Республике Узбекистан
      26 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    Сотрудники милиции проходят обучение по линии Интерпола
      26 марта 2026 в 22:00   Таджикистан