• 06 декабря 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Turizm sohasida barqaror o‘sish

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. 11 oy davomida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114 foiz) va ularga 4,4 milliard AQSH dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi (o‘sish 144 foiz).

Ichki turizm bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida aholining hududlarga 23,7 million marta tashrifi amalga oshirildi (rejaga nisbatan 114,8 foiz). Hududlarda 954 ta joylashtirish vositalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, umumiy soni 6861 taga, o‘rinlar soni 183,9 mingtaga yetdi. Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 4348 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘ylab 4345 ta gid-ekskursovodlar faoliyat olib bormoqda, joriy yilning yanvarnoyabr oylari mobaynida 375 nafar gid-ekskursovodlar tayyorlandi. 

Tadbirkorlik subyektlariga berilgan tavsiyalar natijasida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi holati yaxshilanishiga erishildi. Investitsiya sohasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2025-yilning 11 oyida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar mamlakat iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri sifatida O‘zbekistonning xalqaro imidjini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar eksportini ko‘paytirishga xizmat qildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан