• 02 июля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Chilonzordagi bog'chada 5 yoshli bola 2 etajdan tushib ketibdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, bu voqea 2025-yil 30-iyun kuni taxminan soat 9.45 lar atrofida Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ro'y bergan. Ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi R. I. nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat zinasidan yiqilib tushgan. Bundan xabar topgan tashkilot hamshirasi tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatgan va 16-sonli shahar shifoxonasi bolalar bo'limiga olib borishgan.

Shifokorlarning birlamchi tashxisiga ko'ra, tarbiyalanuvchi R. I. ga “ikki qo'l bilak sohasi sinishi, burun suyak sohasi sinishi, yuqori jag' kurak tishlarining aliyonlari osig'ining sinishi” tashxisi qo'yilgan. Bolaning ahvoli og'ir bo'lganligi sababli jonlashtirish bo'limiga joylashtirishganligi, ahvoli yaxshilanganidan so'ng jonlantirish bo'limidan chiqarishganligi aniqlangan.

Ayni paytda holat bo'yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

ESlatib o'tamiz, bundan oldin Samarqanddagi bog'chada tarbiyachi o‘nga yaqin bolani kaltaklagani haqida xabar bergan edik.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан