• 06 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentda qarzdorning mashinasi xatlangach, salkam 100 mln so‘m to‘ladi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida qarzdorning mashinasi xatlangach, salkam 100 mln so‘m to‘ladi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, U.X.dan davlat foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida 93 million so‘m jarima jazosi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Davlat ijrochisi qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorning nomida bo‘lgan Chery rusumli avtotransport vositasini xatlagan. 

Shundan so‘ng qarzdor birdaniga 93 million so‘m jinoiy jarima, 4 million 650 ming so‘m ijro yig‘imi va 1 million 700 ming so‘m jarima — jami 99 million 350 ming so‘m qarzdorlikni to‘liq to‘lagan va ijro ishi tamomlangan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан