Joriy yilning 4-fevral kuni soat 16:30 larda Olmazor tumani Nurafshon-Beruniy ko'chalari chorrahasida 1982-yilda tug'ilgan N.K. boshqaruvida bo'lgan Ford rusumli avtomashinasi hamda 1987-yilda tug'ilgan M.A. boshqaruvida bo'lgan Nexia-3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi hamda Ford rusumli avtomashinaning 1 nafar yo'lovchisi tan jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.