• 23 января 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik”da qo‘lga olinganlardan birining o‘g‘li sud raisi bo‘lib chiqdi

Toshkent shahrida 70 yoshli “Navoiy-avtosavdo” MCHJ direktori Niyoz Ibodov “Dolzarb qirq kunlik” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingani xabar qilingandi. U Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismida (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Niyoz Ibodovning o‘g‘li sudya bo‘lib, otasining qilmishiga aloqadorligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov izoh berdi.

Tovlamachilik jinoyatini sodir etishda gumonlanayotgan “Navoiy-avtosavdo” MCHJ direktori Niyoz Ibodovning qilmishiga uning sudya o‘g‘lining aloqadorligi to‘g‘risida  ma’lumotga ega emasmiz. Mazkur holatga faqat tergov yo‘li bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Gumondorning o‘g‘li A.Ibodov jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi lavozimida ishlagani rost. Biroq u Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun to‘qqiz oy avval, ya’ni 2023-yilning 25-aprelida lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan va kengash tomonidan bu haqda o‘z vaqtida jamoatchilikka ma’lum qilingan, — dedi Tursunali Akbarov.

20 mlrd so‘mlik tahdid

“Kun.uz” nashrining surishtiruviga ko‘ra, Niyoz Ibodov “Navoiy-avtosavdo” MCHJda 61,20 foiz ulushga egalik qilgan. MCHJning 32,70 foiz ulushi esa Sardor G‘afforovga tegishli bo‘lgan.

Aytilishicha, Niyoz Ibodov o‘zining jiyani bo‘lgan Sardor G‘afforovni “Navoiy-avtosavdo” MCHJdagi ulushidan voz kechtirish bo‘yicha B.Sultonovga murojaat qilgan. B.Sultonov, Niyoz Ibodov va boshqa noma’lum shaxslar 2023-yilning iyun oyi boshlarida bir guruhga birlashib, ishni “hal qilish” uchun oldindan jinoiy til biriktirgan. Guruh a’zolari Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ofisga Sardor G‘afforovni chaqirib, undan avtosalondagi 20 mlrd so‘mga teng ulushini 200 ming AQSH dollari evaziga Niyoz Ibodov nomiga o‘tkazib berish haqida do‘q-po‘pisa qilib, agar ulushni o‘tkazib bermasa, jismonan yo‘q qilib yuborishni aytishgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан