• 20 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Joriy yilning 20-dekabr kuni soat 21:11 da, "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "Mercedes-Benz" rusumli  avtobusda yong'in hosil bo'lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu avtobus 2008-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlabki maʼlumotga ko‘ra, soat 20:00 da “5-avtobus saroyi” tasarrufidagi davlat raqami  01|794 OJA, saroy raqami 369-bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 151-sonli Chingeldi maxallasi-Buyuk Ipak yo‘li metro bekati yo‘nalishida harakatlanuvchi, haydovchi R.A boshqaruvidagi avtobus, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi Kimyo instituti binosi qarshisida harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning yuqori bosimli havo quvurining yorilishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelgan.

Haydovchi tomonidan tutunni o‘chirish uchun dastlabki choralar ko‘rilishiga qaramay qisqa tutashuv alangaga aylangan. Shundan so'ng, voqea joyiga FVV Yong'in qutqaruv bo'linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong'in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo'q, avtobusning dvigatel qismiga zarar yetgan.

Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан