• 04 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentda 3 ta tez yordam Damas’i yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles shahrida joylashgan tez yordam garaji yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 aprel kuni soat 18:20 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Toshkent tumani “Farovon” MFY Ulug‘bek ko‘chasidagi  bir-biriga tutash qurilgan 2 ta binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yong‘in o‘chirish ekipajlari yong‘in joyiga soat 18:28 da yetib borib, alanga soat 18:38 da o‘rab olingan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida binolarning jami 145 metr kv maydoni va ushbu hududdagi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, nosoz holdagi 3 ta Damas rusumli avtoulovlar yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa’y harakatlari natijasida binolarning jami 700 metr kv maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан