• 03 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkent viloyatida erini o‘ldirgan ayol pichoqni yuvib, marhumning qo‘liga tutqazib qo‘ydi

Toshkent viloyati Bekobod tumani tibbiyot birlashmasida kichik tibbiyot xodimi bo‘lib ishlagan 1984 yilda tug‘ilgan ayol o‘z erini qasddan o‘ldirgan.

Aniqlanishicha, er-xotin o‘rtasida doimiy oilaviy nizolar bo‘lib kelgan. Qotillik sodir bo‘lgan kun ham eri ayolga “pechka”ni nega yoqib o‘tirganligini aytib, sochidan tortib, urgan. Eri bilan hayotining ko‘p qismini kaltaklar va janjallarda o‘tkazgan ayolga hattoki “himoya orderi” ham berilgan.

Ayol dastlab aybini tan olmasdan, ishdan kelganida eri o‘zini pichoqlab qo‘yganini aytgan. Biroq qotil ayolning o‘zi bo‘lib chiqqan.

Ayol erining chap ko‘ksiga pichoq bilan urgan va pichoqni yuvib erining qo‘liga tutqazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Bekobod tumani sudida ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmiga ko‘ra, ayol JKning 97-moddasi 1-qismida nazara tutgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 57-moddasini qo‘llab, ayolga nisbatan 6,6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан