• 19 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori doirasida Tashqi va Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura, Migratsiya agentligi va Rossiya elchixonasi xodimlaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘riklar va rus tili imtihonlarini O‘zbekistonga o‘tkazish, «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining va “Saxarova” ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, til imtihonlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rish markazlarini ochish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha kurslar tashkil etish, O‘zbekistonda tibbiy ko‘rik va test o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish va boshqalar ko‘rib chiqildi.

Rossiya tomoni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi so‘rovini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarini, shuningdek, “Saxarova” ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari jalb etish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi.

Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan masalalarni 27-30 aprel kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      сегодня в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      сегодня в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      сегодня в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      сегодня в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      сегодня в 22:20   Таджикистан