Toshkent metropolitening “Milliy bog‘”, “Gʻafur Gʻulom”, “O‘zbekiston”, “Yunus Rajabiy” va “Mashinasozlar” metro bekatlari qurib foydalanishga topshirilganidan buyon, yo‘lovchilar oqimi juda kam bo‘lganligi sababli 2-vestibyuli ochilmagan.
Hozirgi kunda Toshkent metropoliteni qoshida ochilgan “Toshmetrotrans” MCHJ loyiha instituti tomonidan 5 ta bekat uchun loyihalar ishlab chiqilib Davlat ekspertizasiga topshirilgan.
Ekspertiza xulosasi olinganidan so‘ng, bosqichma-bosqich ta’mirlanib, 2024-yilning may oyigacha ishga tushirish rejalangan. Bu haqda "Uzreport.news" manbasiga "Toshkent metropoliteni" matbuot kotibi Yo‘lchi Mirzayev xabar berdi.