Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ular orasida 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher mavjud.
Qayd etilishicha ushbu hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilgan.
"Hayvonlarni tashish CargoPoint kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Yoxannesburg – Antananarivu – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 10 827 km masofani bosib o‘tdi", deyiladi xabarda.