• 30 августа 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

“Tashabbusli budjet” loyihalarini aholi va davlat o‘rtasida sherikchilik asosida moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi

Avval xabar berganimizdek, “Tashabbusli budjet” jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ–264-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.

Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:

ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;

tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi.

Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан