• 26 декабря 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

“Tashabbusli budjet” jarayonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi

Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

Asosiy kiritilgan o‘zgartirishlar:

- loyihalar g‘olib deb topilishi uchun minimal ovoz soni 50 ta etib belgilandi (avval 10 ta edi).- jihozlash loyihalari uchun eng yuqori qiymat bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming barobari etib belgilandi (avval 4 ming barobar edi).

Quyidagilarga “tanaffus” berish amaliyoti qo‘llanmaydi:

- mahalla soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman(shahar)dagi mahallalarga;- “TOP-100” talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga;- loyihani sheriklik asosida amalga oshirgan mahallalarga.

Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Ovoz berish bosqichi yakunlangandan so‘ng o‘n kun davomida qo‘shimcha g‘olib loyihalarni aniqlash bo‘yicha 5-bosqich o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha g‘olib loyihalar quyidagi usulda aniqlanishi mumkin:

- Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining deputatlari g‘olib bo‘lmagan loyihaga yetishmagan mablag‘ni tuman budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratish orqali;- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan bitta loyihani tanlash orqali.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан