• 24 февраля 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

“Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini taʼminlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

- yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

- ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq maʼlumotlar maydonini yaratish;

- tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

2026 yil 1 avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан