• 16 марта 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3787, 14.03.2026 y.).

Ushbu hujjat bilan sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi etika tamoyillari belgilanmoqda:

▫️ qonuniylik;▫️ shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi;▫️ tushunarlilik;▫️ masʼuliyat, javobgarlik va nazorat;▫️ adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;▫️ ochiqlik va shaffoflik;▫️ maʼlumotlar himoyasi;▫️ ishonchlilik va xavfsizlik.

Quyidagi qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik talabi belgilanmoqda:

- inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar;

- sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar)  va boshqa sohalardagi qarorlar.

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilarga:

- ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi,- sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim to‘g‘ri bo‘lmasligi;- ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki maʼlumot uchun foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot berishi lozim.

Shu bilan birga, qoidalarda sunʼiy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан