• 08 сентября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun'iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to'liqligini ta'minlash;

- sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o'zaro integrasiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish.

Qarorga ko'ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta'minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to'liq joriy etiladi.

“E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o'rtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo'lga qo'yiladi:

- 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

- 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

- 2026-yil 1-sentabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.Nodavlat sud-ekspertiza instituti roli yanada oshiriladi

Qarorga ko'ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy a'zoligiga asoslangan O'zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi.

Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bog'liq holatlarning adolatli ko'rib chiqilishini ta'minlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-noyabrdan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha shartnoma asosida advokat so'roviga ko'ra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza o'tkazish tartibi joriy etiladi.

2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.

2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari o'tkazish bo'yicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yildan 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obyektlarni ko'zdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yo'lga qo'yiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      вчера в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Huawei MWC Barcelona 2026 da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    O‘zbekistonda 2025 yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi — Antikorrupsiya agentligi
      вчера в 22:30   Узбекистан