• 24 октября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

SpaceX O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini berishga tayyor

Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Xalqaro astronavtika federatsiyasi liderlari sammitida maxsus bayonot bilan ishtirok etdi. Qolaversa, “O‘zbekkosmos” agentligi ekspertlari yer yuzasidagi o‘zgarishlar dinamikasini aniqlash va kuzatish maqsadida ishlab chiqilgan “Yerni masofadan zondlashning innovatsion usullari” nomli ilmiy maʼruzalarini ham taqdimot qilishdi. Bu loyiha optik-elektron va radar kosmik tasvirlari orqali kadastr, seysmologiya hamda ekologiya sohalaridagi muammolarni hal etishga yaqindan yordam beradi.

Robotlashtirilgan kosmik apparatlar va boshqa texnologiyalar yordamida Oyni tadqiq qilishga ixtisoslashgan Ispace (Yaponiya) kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlikning yangi bosqichini ochib bergan mazkur global forumda bir qancha kosmik agentliklar va xususiy kompaniyalar bilan kosmik loyihalarni amalga oshirish borasida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi. O‘zbekistonning yerni masofadan zondlash milliy kosmik tizimini yaratish, uning kosmik va yer usti segmentlarining texnik jihatlarini ishlab chiqish, kosmik apparatlarni uchirish, mutaxassislarni tayyorlash va qo‘shma aerokosmik yo‘nalishlardagi kosmik dasturlarda ishtirok etish singari masalalar shular jumlasidandir.

Shu bulan birga xalqaro astronavtika kongressida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari Ozarbayjon kosmik agentligi bilan yerni masofadan zondlash milliy kosmik tizimini yaratish bo‘yicha muhim tavsiyalar va o‘zaro manfaatli takliflarni o‘rganishdi. AQSHning SpaceX va Buyuk Britaniyaning Surrey Satellite Technology” kompaniyalari O‘zbekistonning milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Yaponiyaning Kyushu texnologik instituti – aerokosmik muhandislik yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha dastlabki o‘quv dasturiga kelishildi.

Eslatib o‘tamiz, kongressning o‘tgan yili Ozarbayjonda bo‘lgan yig‘ilishida mamlakatimiz tarixida ilk bora “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga to‘la huquqli aʼzo sifatida qo‘shilgan edi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан