• 23 марта 2026 в 22:30
  • 0
  • 0

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi 2 nafar davlat ijrochisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 2021 yil dekabr oyidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor shaxsdan undiruvchi fuqaro foydasiga 30 mln so‘m miqdorida moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan bo‘lib, u mazkur davlat ijrochilaridan birining ish yurituvida bo‘lgan.

Shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan davlat ijrochilari qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga 20 mln so‘m olib, undiruvchi fuqaroga go‘yoki qarzdor og‘ir sharoitda ekanligini ro‘kach qilib, pulning 14 mln so‘m qismini berishgan hamda undan 30 mln so‘m olganligi va daʼvosi yo‘qligi to‘g‘risida tilxat yozdirib olishgan.

So‘ngra ular qolgan 6 mln so‘mni tuman prokuraturasi binosi oldida o‘zaro 3 mln so‘mdan taqsimlab olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur MIB davlat ijorchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан