• 07 января 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi zilzila yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Shigatze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

Avvalroq Xitoy tarkibidagi Tibet avtonom hududida kuchli zilzila qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Silkinishlar yuzlab kilometr uzoqlikdagi Nepalda ham sezilgan. Xitoy zilzila tarmoqlari markazi mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da 10 km chuqurlikda 6,8 balli zilzilani qayd etgan. AQSH Geologiya xizmati esa zilzila kuchini 7,1 magnituda deb baholagan.

Hodisa oqibatida 32 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin. 6,8 magnitudali zilzila kuchli hisoblanadi va jiddiy zarar yetkazishi mumkin.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан