• 10 сентября 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.Bu ulkan majmua kelgusi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda.Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’amizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo‘ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o‘rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad ko‘tarib qolgan.Davlatimiz rahbari ushbu inshootlarda bo‘lib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar ochilish marosimi va musobaqalar paytida bo‘lajak sharoitlar yuzasidan axborot berdi.Shavkat Mirziyoyev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirish, sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanish lozimligini ta’kidladi.

Olimpiya shaharchasida, shuningdek, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi.Prezidentimiz majmua  bunyodkori - Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi.  Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharasidan samarali foydalaniladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerda joylashadi. Professional sportchilarni tayyorlash va mahoratini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Hududiy sport tashkilotlarining shaharcha infratuzilmasidan foydalanishi yo‘lga qo‘yiladi.Bu yerda “aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Umuman, shaharcha sport va sog‘lomlashtirish markazi sifatida uzoq yillar xalqimizga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан