• 06 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami munosabati bilan 334 nafar shaxsni afv etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bugun, 6 dekabr kuni “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya organlarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 334 nafar shaxs afv etilgan. 

“Afv etilgan shaxslarning 34 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 249 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 6 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 45 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi”, deyiladi xabarda. 

Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi. 

Qayd etilishicha, ushbu farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан