• 19 октября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Sergelidagi portlashdan so‘ng 4 kishi qamoqqa olindi

Hukumat komissiyasining Toshkent shahridagi omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti e’lon qilindi.

Favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish jarayonida yong‘in boshlangan joy va portlash o‘chog‘i metall va “sendvich” panellardan qurilgan omborda yuz berganligi aniqlangan. Yong‘in va portlash oqibatida omborning metall konstruksiyalari deformatsiyaga uchrab, qulab tushgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar, qurilish va boshqa mahsulotlar belgilangan talablarga rioya qilinmasdan aralash holda saqlab kelingan.

Hodisa joyidan olingan namunalar asosida o‘tkazilgan kimyoviy tadqiqotlar natijasida poliefirlar, ksilol, uglevodorodlar, natriy gidroksid, vodorod peroksidi, etilen glikol va yuqori molekulyar karbon kislota efirlari kabi kimyoviy moddalar mavjudligi aniqlandi.

Bu moddalar omborxonada saqlanayotgan vodorod peroksidi, alkid smolasi, alkilbenzolsulfon kislotasi, latex, poliefir smolasi, kaustik soda moddalari va lak mahsulotlarining tarkibiy qismlari bo‘lib, yong‘in va portlash xavfi yuqori hisoblanadi.

Hodisa joyi o‘rganilganda aynan vodorod peroksidi saqlangan joy yaqinida gul qog‘ozlar va boshqa yonuvchi materiallar saqlangani aniqlandi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, omborxonada saqlanayotgan kimyoviy modda va materiallarning o‘zaro ta’sirlanishi va kimyoviy o‘z-o‘zidan yonishi yuzaga kelib, portlash sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan omborxona hududida 12 ta ijarachi kompaniyaning katta miqdordagi turli xil nomenklaturadagi tovarlari saqlanganligi hamda jinoyat ishi doirasida mutaxassislar tomonidan bir nechta turdagi ekspertiza tadqiqotlari (sudga oid kimyoviy, yong‘in-texnik, portlash, tovarshunoslik, qurilish va x.k.) o‘tkazilayotganligi uchun yong‘in va portlash sabablari, shuningdek yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish muayyan vaqtni talab etmoqda.

Holat yuzasidan kompleks sud ekspertiza xulosalari va tergov natijalariga ko‘ra yakuniy xulosa qilinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан