• 02 апреля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Senatda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rishga oid asosiy masalalar hamda parlament islohotlari sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhokama qilindi.

Assambleyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos keladigan “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” mavzusining tarixiy ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekiston parlamenti faoliyatining ijobiy jihatlari boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligi taʼkidlandi.

M. Chungong O‘zbekiston parlamentining Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizning Parlamentlararo ittifoq faoliyatiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi xalqaro parlamentarizm tarixida muhim voqea bo‘lishiga va global muammolarni hal qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirishiga ishonch bildirdilar.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан