• 04 августа 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Samarqandda kadastr xodimi fuqaroning uy-joyini hujjatlashtirib berishini aytib 1,5 ming dollar olayotganda ushlandi

Samarqand viloyatida fuqarodan yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytib pul olgan kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2024 yil 30 iyul kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv va korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmalari va prokuratura xodimlari hamkorligida Past Darg‘om tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda davlat Kadastr palatasi Past Darg‘om tumani filiali xodimi fuqarodan Turkman mahallasida joylashgan yer maydoni hamda unda qurilgan uy-joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga 1,5 ming dollar olayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан