• 06 ноября 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

Samarqand tarixi YUNESKO tomonidan 3000 yildan ortiq deb e’tirof etildi

YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan “Samarqand: 3000 yillik meros” xalqaro konferensiyasi shahar tarixini chuqur o‘rganish va insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rnini yanada keng yoritishga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan taniqli tarixchi, arxeolog hamda ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etishdi.Konferensiya ochilishida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Prezident administratsiyasi huzuridagi Kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari departamenti direktori o‘rinbosari Elmurod Najimov, hamda YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elondu Assomo so‘zga chiqishdi.Tadbir davomida olimlar Samarqandning boy tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi haqida ma’ruzalar taqdim etib, yangi arxeologik topilmalar bilan bo‘lishishdi. Xususan, Afrosiyob, Ko‘ktepa va boshqa qadimiy manzilgohlarda olib borilgan qazishmalar natijasida Samarqand hududida ilk aholi manzilgohlari miloddan avvalgi II ming yillikka oid ekanligi aniqlangan.Mutaxassislarning fikricha, bu topilmalar Samarqand va uning vohasida shahar sivilizatsiyasi uzluksiz rivojlanib kelganini ko‘rsatadi.Xalqaro ekspertlar muhokamasi yakunida ilgari e’tirof etilgan 2750 yillik sanaga aniqlik kiritilib, Samarqandning tarixi rasman 3000 yil deb belgilandi. Shu tariqa, qadimiy shahar insoniyat madaniyatining eng muhim markazlaridan biri sifatida yana bir bor tan olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан